GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 10, Issue 1, Jan. (2022)
842 NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING GEOGRAPHY
Muzafarova Shaxnoza Rustamovna
Buxoro Viloyat Buxoro Kogon Tuman 3- IDUMI
Qarayeva Ro‘zigul Rajab qizi
Buxoro Viloyati Buxoro Tuman 25- Maktablarning Geografiya Fani O'qituvchilari
ANNOTATION
This article provides feedback on new pedagogical technologies in teaching geography.
Keywords: education, technology, Boomerang, Scarab, Weyer, innovation
Annotatsiya
Mazkur maqolada geografiya o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalar haqida fikr- mulohazalar keltirildi.
Kalit so'zlar: ta'lim, texnologiya, Bumerang,Skarabey,Veyer, innovatsiya
Аннотация:
В данной статье представлены отзывы о новых педагогических технологиях в обучении географии.
Ключевые слова: образование, технологии, Бумеранг, Скарабей, Вейер, инновации.
INTRODUCTION
Zamonaviy geografiyani о‘qitishda innovatsion texnolgiyalardan samarali foydalana olish eng birinchi navbatda о‘qituvchining faoliyatiga, nazariy bilim darajasiga, tashkillashtirish qobiliyatiga va pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Bugungi kun ta’lim tizimining talablaridan kelib chiqqan holda innavatsion texnolgiyalardan geografiya darslarida mavzuga mos turda saralab olish va olib borishdan kо‘zda tutiladigan maqsadlar quyidagicha taqsimlanadi:
-о‘quvchilarning geografiya faniga va u orqali о‘zi yashayotgan о‘lka tabiatiga mexr- muxabbatni shakllantirish,
-ularning nazariy bilimlarni chuqur о‘rganishida, о‘zicha fikrlay olishi hamda о‘rganilgan bilimlarni amalda bajara olishida muhim о‘rinni egallash;
-о‘rganilayotgan mavzuni yengil uzlashtira olishga yordam berish va boshqada shunga о‘xshagan ahamiyatli vazifalarini о‘z ishiga oladi.
Uzluksiz geografik ta’lim milliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarini o‘zida qamrab oluvchi va iyerarxik pog‘ona joylashtiruvchi bilim berishni oddiydan murakkab tomonga olib boruvchi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘ rsatishi mumkin. Maktabgacha ta’ lim muassasalarida bolalar ko‘ ziga yaqqol tashlanayotgan ularni “ Atrof-olamga sayohat”
GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 10, Issue 1, Jan. (2022)
843 ruknida bolalarga ochiq havoda tanishtiruv sohalarini saoatlarini o‘ tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Barchada esa bolalarga ochiq havoda tanishtiruv soatlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Geografiya darslarni о‘qitishda avvaldan takomillashtirilgan ta’lim metodlari: ogzaki bayon, suhbat, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish va tajriba, amaliy ishlar va shuning bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan tо‘g‘ri foydalana bilish- bu о‘quvchilarning fikrlarni oydinlashtiradi, darsga jadalligini orttiradi.Innovatsiya – bu inglizcha «yangilik kiritish» degan tushuncha bulib, о‘qituvchi tomonidan geografiya darsida yangiliklar, interfaol metodlar bilan boyitilib, tuldirilib borilishi kerak.
“Bumerang” texnologiyasi.
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida о‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda о‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yо‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bо‘lgan mavzularni о‘rganishga yaroqli bо‘lib, о‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan о‘quvchi yoki о‘qituvchi rolida bо‘lishi, kerakli ballni tо‘plashga imkoniyat beradi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi.
“Skarabey” texnologiyasi. “Skarabey” interaktiv texnologiya bо‘lib, u о‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda о‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya о‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini holis baholash, о‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bо‘lib, undan о‘quv materialining turli bosqichlarini о‘rganishda foydalaniladi:
- boshida о‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (Aqliy hujum) – mavzuni о‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq о‘rganish, yangi jihatlarini kо‘rsatish; oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
“Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni kо‘rsatish mumkin.
“Veyer” texnologiyasi. Bu texnologiya murakkab, tarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni о‘rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bо‘yicha bir yо‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi.
Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
О‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash yо‘llari talaygina. Bulardan keng tarqalganlari.
Savol-javob, doska oldida og‘zaki yoki yozma javob, frontal surash, nazorat ishlari, test sinovlari о‘tkazish yо‘li bilan bilim darajasini baholash kabilardir. Bulardan tashqari, ijodkor
GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 10, Issue 1, Jan. (2022)
844 о‘qituvchilar tomonidan о‘quvchi bilimini sinashning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilgan bо‘lib, ular galma-galdan almashtrilib qо‘llab borilishi, dars samaradorligini oshirishda, о‘quvchilarning ushbu fanga qiziqishning uyg‘otishda asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi. Bu bilan bog‘liq usullar bir qancha pedagogik jurnallarda, jumladan, “xalq ta’limi”, “Biologiya v shkole”,
“ximiya v shkole”, “Geografiya v shkole” kabi jurnallarning sahifalarida tez-tez yoritilib borilmoqda.O’quv jarayonida geografiya talimini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida olib borishda interaktiv usullardan foydalanish muhim ro’l o’ynaydi. O’qitishning interaktiv usuli yordamida o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etish kerakki, bunda sinfda talim oluvchilarning o’qish ,bilim olish jarayoniga to’la jalb etiladi. Ular o’zlari oylagan va bilgan barcha narsalar to’g’risida erkin fikr yuritish imkoniyatga ega bo’ladilar . Ya’ni mavzu materiyallarini idrok etish va o’zlashtirish jaroyonida o’quvchi va o’qtuvchilarning birgalikdagi faolyati natijasida jaroyani tashkul etiladi.Bu jaroyonda o’quvchilar o’zlarini alohida individual hissasini qo’shadi.
O’quvchilar o’z fikrlari, bilimi faoliyati,dunyo qarashi yangi mavzuga oid bo’lgan tasovurlari bian o’rtoqlashadilar. Bu jarayon o’quvchilarning o’zaro ittifoqligi qo’llab –quvvatlash muhitida amalga oshadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Alimov K.A." Zamonaviy pedagogik texnologiyalar" ,-T.2013 2.Jurayev Z.S."Geografiya o'qitish metodikasi" ,-T.2015.