• Tidak ada hasil yang ditemukan

View of USING THE CLUSTER METHOD IN TEACHING THE PHYSICS OF SEMICONDUCTORS

N/A
N/A
Protected

Academic year: 2024

Membagikan "View of USING THE CLUSTER METHOD IN TEACHING THE PHYSICS OF SEMICONDUCTORS"

Copied!
8
0
0

Teks penuh

(1)

USING THE CLUSTER METHOD IN TEACHING THE PHYSICS OF SEMICONDUCTORS Oydinoy Nurdinjonovna Usmonova

Master Student of Chirchik State Pedagogical University

ABSTRACT

Describing the Classroom model, considered to be one of the most innovative pedagogical technologies, means solving the problem. The basic idea of an innovative education classroom is to demonstrate to students a wide range of emerging from problems that are like

Keywords: classroom, semiconductors, semiconductor tools, model, lesson exercise, innovative method,

YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASINI O‘QITISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH

Oydinoy Nurdinjonovna Usmonova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti magistrant

ANNOTATSIYA

Innovatsion pedagogic texnologiyalardan hisoblanmish Klaster modelini tavsiflash, muammoli vaziyatni hal qilishni anglatadi. Innovatsion ta’lim klasterning asosiy g’oyasi o‘quvchilarga bir- biriga o‘xshash bo‘lgan muammoli vaziyatlardan chiqishning keng ko‘lamlarini namoyish etishdan iborat.

Kalit so‘zlar: Klaster, yarimo‘tkazgichlar, yarimo‘tkazgichli asboblar, model,dars mashg`uloti,inovatsion metod,

АННОТАЦИЯ

Описание модели Classroom, считающейся одной из самых инновационных педагогических технологий, означает решение проблемы. Основная идея инновационного образовательного класса состоит в том, чтобы продемонстрировать учащимся широкий спектр возникающих из проблем одинаковых.

Ключевые слова: учебный класс, полупроводники, полупроводниковые инструменты, модель, урок-упражнение, инновационный метод,

Zamonaviy o’qitish tizimida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Umumta’lim muassasalarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanish o’quvchilarning qobilyatlarini to’la namoyon etishga va ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari innovatsion xarakterga ega bo’lib, o’qitish jarayoni noan’naviy va nostandart tashkil etiladi. Shu bilan birga ta’lim jarayonida o’quvchilarning erkinligi ta’minlanadi, bu esa o’qitish jarayonini qiziqarli bo’lishiga olib keladi [1]. Erkinligi ta’minlangan sharoitda esa o’quvchilarning o’quv-bilish faolligi ortadi. Adabiyotlar tahlili va

(2)

314 metodologiyasi innovatsion ta’lim klasterning mazmuni tarkibiga quyidagi asosiy bo’limlar kiradi:

-qo’yilgan vazifani qisqacha tavsifi.

- muammoli vaziyatning kelib chiqishi va mazmuni.

- ishni muhokama qilish uchun savollar.

- muammoli vaziyatdan tashqari qo’shimcha ma’lumotlar.

Klaster modelini ishlab chiqish va undan foydalanish texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi:

- Klaster modelini g’oyasi va kontseptsiyasi.

- Klaster modeli uchun materiallarni yig’ish va qayta ishlash manbalarini aniqlash.

- hodisalarni shakllantirish jarayoni, uning tuzilishi, muayyan muammoli vaziyat bilan bog’liqligi.

- o’qituvchi uchun amaliy qo’llanma tuzish.

- o’qituvchi papkasini ishlab chiqish:-reja, maqsadlar, vazifalar;-o’qitish usullari;-ta’lim vositalari;-adabiyotlar.

Klaster so’zi - bog'lam ma'nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da'vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag'batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Klaster metodi aniq ob'ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchi tomonidan chuqur hamda puhta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta'minlashga hizmat qiladi.

O’qitish jarayonida amalga oshiriladigan bu metod puhta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchi bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin [2]. Bundan tashqari Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikirni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikirlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Undan foydalanish inson miya faoloyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuni o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilgunga qadar fikirlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:

1. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizning sifat to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

2. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang.

Bu harakatni yangi g’oya tug’ulguncha davom ettiring.

3. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.

4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni, bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling.

(3)

G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang. Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikirlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Zamon shiddat bilan o’zgarib borar ekan, ta’lim sohasi ham u bilan barobar o’zgaradi va o’qituvchidan o’z faoliyatini o’zgartirishni talab etadi. O’quvchilarga ta’lim berishda eski o’qitish tizimlardan voz kechish bugungi kun davr talabi hisoblanadi. O’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini va dars samaradorligini oshirishda, yurtimizda yaratilayotgan va xorijiy davlatar ta’lim tizimida keng qo’llanilayotgan ta’lim texnologiyalar bu muammolarni hal etishda yordam beradi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi [3]. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida amaliyotda foydalanilayotgan interfaol metodlardan Klaster modelining mohiyati va unda Yarimo’tkazgichlar fizikasini o’rganishda foydalanish borasida so’z yuritiladi. Dars mashg'ulotlarida ushbu Klaster metodini quyidagicha qo’llash va Klaster modelini yaratish mumkin:

Model - ob'ekt, shaxs yoki tizimning informatsion tasviri hisoblanadi. Bu atama dastlab 16 asr oxirida ingliz tilida binoning rejalarini bildirgan. Fransuz hamda Italyan tillaridagi modul sòzidan olingan. Modellar fizik modellarga (masalan, model tekisligi) va mavhum modellarga (masalan, xatti-harakatlar modellarini tavsiflovchi matematik ifodalar) boʻlingan. Mavhum yoki kontseptual modellar fan falsafasida markaziy oʻrinni egallagan. Deyarli har bir ilmiy, nazariya, jismoniy va insoniy sohaning modelini oʻz ichiga olgan. Savdoda „model“ katalog yoki koʻrgazma zalida koʻrsatilgan mahsulotning oʻziga xos dizayniga ishora qilgan. Masalan, (Ford Model T) kabi. Modelning geometriyasi va u koʻrsatadigan ob'ekt koʻpincha bir-biriga oʻxshashdir, chunki biri ikkinchisining oʻlchamini oʻzgartiradi, bunday hollarda masshtab muhim xususiyatga ega hisoblanadi. Biroq, koʻp hollarda oʻxshashlik faqat taxminiy yoki hatto ataylab buzilgandek tuyuladi. Baʼzida buzilish tizimli boʻladi (masalan, gorizontal va vertikal ravishda bir xil masshtabdan foydalanishi mumkin boʻlgan kichikroq togʻli hudud modelidan farqli oʻlaroq, katta maydonning topografiyasini modellashtirishda gorizontal ravishda qattiq masshtab va vertikal ravishda qatʼiy shaklga ega).

Umumta`lim maktabda yarimo’tkazgichlar fizikasini o’qitishda “Klaster modeli”.

(4)

316 Mezonlar:

Maktab Fizika fani dasturlarida keltirilgan

yarimo’tkazgichlar fizikasini o’qitilishi

Yo’nalishlar:

10-sinf Fizika darsligidan Yarimo’tkazgichlar fizikasi

Natija: Yarimo’tkazgichlar fizikasini o’qitilishini Klaster modelini yaratish

Maqsad: Innovatsion metod (Klaster) asosida

yarimo’tkazgichlar fizikasini qitishni rivojlantiriish

Vazifalar: Yarimo’tkazgichlar fizikasini o’qitilishni rivojlantirish maqsadida innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqish

Tamoyillar:

uzviylik, izchillik ,

O’quvchilarda yarimo’tkazgichlarga oid tushunchalarni rivojlantirish жараёни

Pedagogik sharoitlar:

yarimo’tkazgichlarni

ng elektr

o’tkazuvchanligini tushuntirish orqali yarimo’tkazgichlarda gi xususiy va aralashmali

o’tkazuvchanlikka oid tushunchalarni shakllantirish;

moddalarning elektr o’tkazuvchanligiga ko’ra turlariga oid bilimlarni

mustahkamlash, takrorlash, baholash,

Mazmuni:

a)Yarimo’tkazgichlarning metallardan farqi;

b)Yarimo’tkazgich moddalar va ularning turlari; v) elektron-kovak o’tish;g) diod va uning turlari; d) tranzistorlar va ularning turlari

e) yarimo’tkazgichli asboblar va ularning qo’llanilishi

Texnologiyalar:

– metallar va

yarimo’tkazgichlarni elektr o’tkazuvchanligi va o’tkazuvchanlikni tashqi ta’sirlarga bog’liqligiga tayanish;

– yarimo’tkazgich

moddalarni kristall tuzilishi, tarkibi va elektr o’tkazuvchanligiga ko’ra turlarga ajratish;

(5)

Yarimo’tkazgichlarning elеktr o’tkazuvchanligi mavzusiga Klaster:

Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanlik

Aralashmali yarimo’tkazgich

Akseptor yarimo’tkazgich Donor

yarimo’tkazgich Kovak

yarimo’tkazgic h

Electron yarimo’tkazgi

chh n-tipli p-tipli

(6)

318 Yarimo’tkazgichli asboblar va ularning texnikada qo’llanishi mavzusiga Klaster modeli

Diodlar

Tranzistorlar

Stabilatronlar Varikaplar

Integral mikrosxemalar Tiristorlar

Yarimo’tkazgic

hli asboblar

(7)

Yarimo’tkazgichlarning elеktr o’tkazuvchanligi mavzusiga Klasteri.

Shunday qilib, Umumta’limda tashkil etilgan o’quv faoliyatining mohiyatidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Klaster modeli nafaqat o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi o’rtasidagina emas, shu bilan birga o’quvchi hamda axborot texnologiyalari o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro muloqot jarayonida ham yuzaga keladi.

- innovatsion Klaster modeli mashg’ulotda ishlatish jarayoni:-individual o’rganish;-muammoni tahlil qilish va uni hal qilishning mumkin bo’lgan variantlari qo’llash;-kichik guruhlarda ishlash, munozaralar;-muammoli vaziyatga echimlarni taqdim etish, ularni muhokama qilish;- muqobil guruh echimlarini baholashni o’rganish va o’rgatish;-ko’rdim, eshitdim, bajardim uslubini qo’llashdir. SHunday qilib, Klaster modelini asosiy maqsadi u bilan o’quvchilarning jamoaviy aniq echimni izlash emas, balki o’quvchilar tomonidan muayyan ko’nikma va malakalarni egallashga yordam beradigan muammoli vaziyatning optimal echimini aniqlash jarayonidir.

XULOSA

Yarimo’tkazgichlar fizikasiga doir materiallar mazmuni va ularni tanlash tamoyillarini o’rganishga oid o’quv-uslubiy, didaktik, ilmiy adabiyotlar tahlilidan ma’lumki, mazkur materiallardan o’quv jarayonida foydalanish ta’lim-tarbiyaviy ishlari mazmun va sifat jihatdan takomillashtirishga, o’quvchialarda nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar shakllanishiga keng imkoniyat yaratadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalardan hisoblanmish Klaster medodini tavsiflash va Klaster modelini yaratish,muammoli vaziyatni hal qilishni anglatadi. Innovatsion ta’lim klasterning asosiy g’oyasi o’quvchilarga bir-biriga o’xshash bo’lgan muammoli vaziyatlardan chiqishning keng ko’lamlarini namoyish etishdan iborat.

Moddalarning elektr o’tkazuvchanligiga

qarab turlari

Shisha Dielektriklar

Plastmassalar

O’tkazgichlar

Metallar

Yarimo’tkazgichlar

Yarimo’tkazgichli moddalar

(8)

320 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Xodjayev B., Zufarov Sh. Pedagogik innovatika. Metodik qo’llanma. Toshkent, Fan va texnologiya, 2010, -60 b.

2. Ступина С.Б. Технологии интерактивного обучения в высшей школе /Учебно-метод.

пособие. - Саратов: Издательский центр “Наука”, 2009. - 52 с.

3. Толипов У .К, Усмонбоева М. Педагогик технология: назария ва амалиёт. - Тошкент:

“Фан”, 2005. - 205 б.

4. 4.Usmonova O.N Meliboyeva Z.Y. Klaster modelida yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitish ,, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va ular asosidagi qurilmalarning zamonaviy muammolari’’Respublika ilmiy amaliy anjumani.

Referensi

Dokumen terkait

ditolak atau H 1a diterima, yang berarti penelitian ini ada pengaruh penggunaan metode tutor sebaya terhadap keterampilan komunikasi.selanjutnya H 0b ditolak atau H 1b

Based on the results of the analysis, it can be seen that the CLIS learning model has a significant influence on students' understanding of physics concepts. Based on the

This means that learning reading comprehension using the quantum teaching method is enough to have a high influence on student learning outcomes in the

No Date Activities 1 First meeting Pre-test which is held for both experimental group and control group 2 Second meeting Drilling Through YouTube’s treatment given for experimental

Adanya penelitian ini diharapkan dapat menjelaskan konsep fisika pada permainan tradisional kerapan kereweng sehingga dapat digunakan sebagai bahan ajar fisika.. Kata Kunci:etnofisika;

Map showing the distribution of andesite outcrops in the study area A geophysical survey using the resistivity method in the Penggung Purwosari Village area of Girimulyo, Kulonprogo

Sistem Pendukung Keputusan dalam Menentukan Tingkat Keberhasilan Guru Mengajar Menggunakan Metode AHP Decision Support System in Determining the Level of Success of Teaching

229 SOCIAL CONSUMER RELATION MANAGEMENT USING SOCIAL MEDIA AS A MARKETING SCHEME IN UNIVERSITY Ali Ibrahim1,8*, Iredho Fani Reza2, Mansyur Abdul Hamid3, Hadiansyah Ma'sum4, Heliza